Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilda temir yo`l transporti orqali jami 70,6 mln. tonna yuk tashilgan.
Yillik yuk aylanmasi hajmi 23,5 mlrd. so`mni tashkil etgan. Bu 2019 yil yakuni bilan solishtirilganda 7 foizga oshgan.
So`nggi 5 yilda temir yo`l transporti orqali tashilgan yuk hajmi:
2016 yilda – 67,6 mln. tonna
2017 yilda – 67,9 mln. tonna
2018 yilda – 68,4 mln. tonna
2019 yilda – 70,1 mln. tonna
2020 yilda – 70,6 mln. tonna
2021 yilning yanvar-iyun oylarida temir yo`l transporti orqali 35,2 mln. tonna yuk tashilgan.






