Ertaga, 15 sentyabr kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar Samarqand shahrida “Coscom” MChJ tarmog`ida nosozliklar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O`zkomnazorat ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Samarqand shahrida “Coscom” MChJ tarmog`ida texnik ishlar amalga oshiriladi.
Shu sababli, mazkur ishlar vaqtida viloyatda abonentlarga ko`rsatilayotgan aloqa xizmatlarining sifati yomonlashishi mumkinligini ma`lum qiladi.






