AsosiyJamiyat

Andijonlik "Spark" haydovchisi ikki fuqaroni urib yubordi

'Andijonlik "Spark" haydovchisi ikki fuqaroni urib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Andijonda "Spark" haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgani haqida xabar tarqalgan edi. YHXB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 12 sentyabr kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko`chasida joylashgan "Abu saxiy" savdo do`koni yaqinida haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan F.N. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan, voyaga etmagan, 2005 yilda tug`ilgan M.B hamda 2011 yilda tug`ilgan M.A.larni urib yuborgan.

Natijada ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar