"Globogate Recruiting GmbH" loyihasida ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan edi.
Shu munosabat bilan Agentlik tomonidan qayta e`lon berilmoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
- 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
- tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo`lishi (OMH bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
- bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
- Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imthonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Toshkent shahrida bepul turur joy;
- O`quv xonasi;
- Oylik stipendiya;
Shuningdek "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
- Nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
- Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
- Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
- O`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga bepul aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil
- (oylik 2 300 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.
Dasturda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.






