AsosiyJamiyat

Qiynoqqa oid yana bir murojaat yolg`on bo`lib chiqdi

'Qiynoqqa oid yana bir murojaat yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Buxoro viloyati Qorovulbozor jazoni ijro etish koloniyasida (JIEKda) mahkumlarga tazyiqlar bo`layotganligi, koloniyaning maxsus bo`limi tomonidan mahkumlarning murojaatlari qabul qilinmayotganligi hamda Mirzohid ismli mahkum koloniya rahbarining birinchi o`rinbosari tomonidan kaltaklanib, tishlari sindirilganligi haqida xabar joylashtirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili axborot xizmati ma`lum qilishicha, mazkur holat Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Zebuniso Muhammedova tomonidan joyiga chiqqan holda o`rganilan.

Ombudsmanning mintaqaviy vakili Z.Muhammedova mahkum M.Botirov bilan shaxsan uchrashib, suhbat o`tkazganida, u xabarda yozilgan ma`lumotlarni tasdiqlamagan.  

Mahkum M.Botirovning so`zlariga ko`ra, koloniya xodimlari tomonidan unga nisbatan hech qanday tazyiq o`tkazilmagan, hech kim tomonidan kaltaklanmagan va tishlariga ham zarar etkazilmagan. Shuningdek, u koloniyada unga nisbatan yaxshi munosabatda bo`linayotganligini, zarur bo`lganda tibbiyot bo`limi xodimlari tomonidan kerakli muolajalar qilinib, dori-darmonlar berilayotganligini hamda oylik maoshlarini o`z vaqtida olayotganligini qayd etgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan mazkur xabar yuzasidan o`tkazilgan o`rganish ishlari davomida mahkumning tanasida va og`iz bo`shlig`ida ham qiynoq alomatlari topilmagan.

Shuningdek, Ombudsmanning mintaqaviy vakili koloniyada jazo muddatini o`tayotgan 5 nafar mahkum bilan ham yakkama-yakka tarzda suhbatlashilgan. Suhbat jarayonida ular tomonidan ham ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan murojaatda qayd etilgan holatlar tasdiqlanmagan.

Boshqa yangiliklar