Kogon tumanida fuqaroni ichki ishlar organiga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Kogon tuman bo`limi, DXX hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. fuqaro Z.ni aldab, unga o`zini IIB xodimi deb tanishtirib, vakolatli tanishlari orqali ichki ishlar organlariga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilib, firibgarlik yo`li bilan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






