Yakkasaroy tumanidagi to`qqiz qavatli binoning sakkizinchi qavat pod`ezdi derazasidan bir ayol o`zini pastga tashlamoqchi bo`lib turganligi to`g`risida tuman IIOFMB 1-sonli IIBga xabar kelib tushadi. Bu haqda “Postda” ma`lum qildi.
Voqea joyiga etib borgan tuman 1-sonli IIB boshlig`i, podpolkovnik Shavkatboy Matanov pod`ezd oynasidan pastga sakrashga urinayotgan ayolni gap bilan chalg`itib, qo`lidan mahkam ushlab, pod`ezd tomonga tortib oldi va ayol bevaqt o`limdan saqlab qolindi.
Xodimlar ayolning ruhiy holatini o`rganib, suhbat qurishadi va tibbiy yordam ko`rsatish uchun tibbiyot birlashmasiga olib ketishgan.






