AsosiyJamiyat

Farg`onaning ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi o`rnatildi

'Farg`onaning ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi o`rnatildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

Alohida hududlar quyidagilardan iborat:  

● Farg`ona viloyatining So`x tumani;  

● Rishton tumanining Cho`ng`ara mahallasi;  

● Farg`ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko`chasi.

 Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

● foyda va daromad solig`i bo`yicha – 1 foiz;

● tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming so`m;

● ijtimoiy soliq bo`yicha:

● yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;

● yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga BHMning kamida 1 baravari;

● aylanmadan olinadigan soliq bo`yicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo`llaniladi).

Davlat organlari soliq solish ob`ektlariga oid ma`lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

️Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar