Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartishga ko`ra, quyidagilarga to`lanadigan boshlang`ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensasiyasidan daromad solig`i undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo`llaniladi):
- olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;
- olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta`lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma`lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.
Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to`lovlaridan ham soliq undirilmaydi.
Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to`lashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo`llaniladi).
Lalmi-yaylov zonada joylashgan erlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffisientda qo`llaniladi.
Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O`zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig`imdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo`llaniladi).






