AsosiyJamiyat

YaTTlar daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalarini to`lashdan ozod qilinadi

'YaTTlar daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalarini to`lashdan ozod qilinadi'ning rasmi

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq, 2022 yil 1 yanvargacha davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga ko`ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo`yicha penya hisoblash choralari ko`rilmaydi:

  •  turizm, transport va umumiy ovqatlanish bilan band tadbirkorlarning mol-mulk va er solig`i bo`yicha;

 

  •  2020 yilda hisoblangan va qiyinchiliklar bilan yuridik shaxslar tomonidan to`lanmagan ularning mol-mulkiga solinadigan soliq va er solig`i bo`yicha;

 

  •  2020 yil 15 maydagi holatga ko`ra qarzdorligi mavjud bo`lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo`yicha.

 

2021 yil 31 dekabrgacha bo`lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlari:

 

▪️ foyda solig`ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`laydi;

▪️ ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo`yicha to`laydi;

▪️ yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini to`lashdan ozod qilinadi.

 Quyidagilar mol-mulk, er, aylanmadan olinadigan soliqni to`lashdan, YaTTlar uchun daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalarini to`lashdan ozod qilinadi:

  •  Prezident qarorida Qoraqalpog`iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o`sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub`ektlari – 2024 yil 1 yanvargacha;

 

  • Qoraqalpog`iston Respublikasining Taxtako`pir, Bo`zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik sub`ektlari – 2024 yil 1 yanvargacha. Soliq to`lovchilarning mazkur toifasi foyda solig`ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`laydi;

 

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan aniqlangan ro`yxat bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashtirilgan va og`ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub`ektlari – 2026 yil 1 yanvargacha. Tadbirkorlik sub`ektlarining mazkur toifasi foyda solig`idan ham ozod qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar