AsosiyJamiyat

Saylov: EXHTning 250 nafar kuzatuvchisi O`zbekistonga keladi

'Saylov: EXHTning 250 nafar kuzatuvchisi O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasida o`tkazilayotgan uchrashuvda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining O`zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Merfi ma`lum qildi:

"EXHT byurosining asosiy guruhi, yani 11 nafar kuzatuvchi kecha, 14 sentyabrda O`zbekistonga etib keldi, keyingi hafta yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuchi etib kelishi kutilmoqda. Ushbu kuzatuvchilar O`zbekiston hududi bo`ylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi. Shuningdek, saylovdan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchiimiz O`zbekistonga keladi.

Taxminan uch haftadan keyin biz birinchi hisobotimizni elon qilamiz. Unda qilinayotgan ishlar haqidagi aniq malumotlarimizni beramiz".

    Boshqa yangiliklar