AsosiyJamiyat

“Xazorasp-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi

'“Xazorasp-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidan  “Xazorasp-Toshkent” yo`nalishida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu yo`nalishga “Toshkent viloyati shaharlararo yo`lovchi tashish avtosaroyi” MChJ tomonidan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo`lgan “YUTONG” avtobuslarida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatiladi.

Mazkur yo`nalishning harakatlanish jadvaliga xaftaning xar kuni soat 13:00 da Xazorasp tumani markaziy buyum bozorining avtobekatidan amalga oshiriladi.

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Buxoro viloyatiga 53 000 so`m, Navoiy viloyatiga 66 000 so`m, Samarqand viloyatiga 85 000 so`m, Jizzax viloyatiga 98 000 so`m Guliston viloyatiga 107 000 so`m, Toshkent viloyatiga 120 000 so`mdan xizmat ko`rsatishini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar