Bugun, 15 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar «Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti a`zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo`yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o`tkazildi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o`tab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Ular Internet tarmog`i orqali xorijda yashirinib kelayotgan «Xizb ut-Tahrir» DET a`zolari bilan aloqa qilishgan.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.






