AsosiyJamiyat

"Kundalik” uchun yillik obuna narxi e`lon qilindi

'"Kundalik” uchun yillik obuna narxi e`lon  qilindi'ning rasmi

2021-o`quv yilida “Kundalik” uchun yillik obuna narxi 365 kun muddatga 8600 so`mni tashkil etadi. Mazkur summaga login va parol, shuningdek, platformaning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyati ham kiradi. Boshqa hech qanday xizmatga alohida pul to`lanmaydi.  Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda. 

To`lov bo`yicha video yo`riqnoma quyidagi havola bo`yicha mavjud:

https://www.youtube.com/watch?v=Ep8mYCurph8

To`lov faqatgina www.kundalik.com saytida o`quvchining yoki ota-onaning profili orqali amalga oshiriladi.

Agar siz Kundalik.Family ilovasini yuklab olgan bo`lsangiz, unga kirish uchun mavjud login va paroldan foydalaning. Agar ular mavjud bo`lmasa yoki yo`qolgan bo`lsa, ularni qayta tiklash uchun maktabdagi ma`murga yoki sinf rahbariga murojaat qiling. Login va parollar bepul beriladi. Kundalik.Family ilovasining PRO-talqiniga kirish 30.11.2021 yilgacha bepul taqdim etiladi.

"Sizdan asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni hamda plastik kartangiz to`g`risidagi ma`lumotlarni begonalarga bermasligingizni, boshqa usulda to`lovni amalga oshirishni so`raganlar bilan yozishmalar olib bormasligingizni so`raymiz. O`z savollaringizga: Qo`llab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888-82-82 qo`ng`iroq qilish, team@kundalik.com pochtasiga xat yozish, shuningdek, “Kundalik”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga murojaat qilish orqali javob olishingiz mumkin. Tekshirilmagan ma`lumot manbalariga ishonmang" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar