Ichki ishlar vazirining 13.09.2021 y.dagi 335-son buyrug`iga asosan IIVning ayrim buyruqlariga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
️Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko`krak va qo`l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo`yildi.
Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta`minlash me`yorlariga ham o`zgartirishlar kiritildi.






