AsosiyJamiyat

YaTT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi

'YaTT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi'ning rasmi

“Tadbirkorlik sub`ektlari uchun ma`muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–6314-son, 15.09.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan quyidagilar bekor qilinadi:

  •  qat`iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`lovchisi bo`lgan YaTT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;

 

  •  alohida tayyor import iste`mol tovarlarining bojxona deklarasiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o`tgach sotuvga qo`yilishi hamda chakana savdoda realizasiya qilinishiga qo`yilgan taqiq.

 

2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi YaTTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilgan holda BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

2021 yil 1 oktyabrdan tegishli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari bekor qilinadi.  

 2022 yil 1 yanvardan:

  •  nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo`yicha tekshiradi;
  •  Savdo-sanoat palatasi a`zosi bo`lgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlar roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;  
  •  Tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi;
  •  tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar qonunbuzilishlarga yo`l qo`yilishining oldini olish bo`yicha profilaktika tadbirlari o`tkazilgandan so`ng amalga oshiriladi (soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).  

 

 2022 yil 1 aprelgacha tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog`liq katta hajmdagi ma`lumotlarni yig`ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushiriladi.

 2022 yildan tadbirkorlarga ma`muriy bosim darajasini aniqlash va engillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar