O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investisiya kompaniyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son hamda 2021 yil 30 iyuldagi PF-6273-son Farmonlariga muvofiq, davlat korxonalarini xususiylashtirish bo`yicha Konsultantlarni tanlab olish yuzasidan tanlov e`lon qiladi.
Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan 2021 yil 29 sentyabr kuni soat 18-00 dan (Toshkent vaqti bilan) kechiktirmay e`lon qilingan Taklif taqdim etish uchun so`rovnomalarga (RFP) asosan tijorat takliflarini taqdim etishlari kerak.
Aktivlarni xususiylashtirish uchun zarur bo`ladigan barcha maslahatlar va konsultasiya xizmatlarni Konsultantlar tomonidan taqdim etiladi. Taklif taqdim etish uchun so`rovnomalar ilovada keltirilgan bo`lib, ular Konsultantlarga va ular taqdim etadigan tijorat takliflarining tuzilishiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi.
Konsultantlar talab etilgan ish hajmini to`liq bajarish uchun konsorsiumga birikishlari yoki birgalikda qo`shma takliflar taqdim etishlari mumkin.
Agar Konsorsium tomonidan ariza taqdim etilsa, Konsorsium bitimini taqdim etish so`raladi. Agar, birgalikda qo`shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-Konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas`ul bo`lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan Asosiy Konsultant ko`rsatilishi kerak.






