Avgust oyida eng ko`p piyoda yurganlarga qariyb 69 million so`m mukofot puli berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, “Sog`lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida avgust oyi yakunlariga ko`ra tumanlar kesimida 203 ta g`olib aniqlangan. Umumiy hisobda ularga 68 900 000 so`m mablag` to`lab berilgan.
Respublika miqyosida toshkentlik Ulug`bek Toirov g`olib bo`lgan, u qariyb 2,2 million qadam yurib 1 800 000 so`m yutib olgan. E`tiborlisi u iyul oyi yakunlari bo`yicha ham g`olib bo`lgan.






