AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor korrupsiya va shaffoflikni o`rganadigan mustaqil NNT tuzildi

'O`zbekistonda ilk bor korrupsiya va shaffoflikni o`rganadigan mustaqil NNT tuzildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “O`zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazi (“Transparency Uzbekistan”) davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Markazning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanishiga ko`maklashish hamda davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizlarini takomillashtirishdan iborat.

Markaz quyidagi vazifalarni o`z oldiga qo`ygan:

-korrupsiyaning sabab va oqibatlari, u etkazayotgan zarar, shuningdek, uning oldini olish bo`yicha tadqiqotlar o`tkazish;

-korrupsiya darajasi, davlat hokimiyati institutlariga ishonch darajasi va korrupsiyaga qarshi choralar ta`sirini baholash bo`yicha o`rganishlar olib borish;

-davlat organlari faoliyatida shaffoflik, haqqoniylik va halollikni ta`minlash bo`yicha kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

-O`zbekistonda korrupsiyaning oldini olish hamda qonun ustuvorligi ahvoli haqida muqobil ma`ruzalar tayyorlash va e`lon qilib borish;

-ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash, huquq ustuvorligini ta`minlash sohasida xalqaro standartlarni O`zbekistonda implementasiya qilish masalalari bilan shug`ullanish;

-amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil ekspertizadan o`tkazish va natijalarini e`lon qilish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash masalalarida ushbu mashkilot “aql markazi” sifatida faoliyatini olib boradi.

Markaz Transparency International xalqaro nohukumat tashkilotida akkreditasiyadan o`tish va boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lishni, ular bilan hamkorlik qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Ma`lumot uchun. Markaz Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tollimarjon ko`chasi, 1/1-uy manzilida joylashgan

    Boshqa yangiliklar