Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi. Bu haqda my.gov.uz portalida ma`lum qilindi:
Agar bu sizni qiziqtirgan mavzu bo`lsa, oynalari tusi o`zgartirilgan avtomobilingizda avvalo qulay va hech qanday jarimasiz yurishni istasangiz, my.gov.uz manziliga murojaat qiling!
Haydovchilarga yana bir ma`qul jihati, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi!
Yagona portalda, shuningdek, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.
Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining ro`yxatdan o`tgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi o`zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda BEPUL o`zgartirishlar kiritish mumkin.
Shuningdek, oynalarni tusini o`zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o`zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Xizmat sinov tariqasida ishga tushirilganligini inobatga olib, qisqa uzilishlar bo`lishi mumkinligi haqida OGOHLANTIRAMIZ!






