AsosiyJamiyat

Toshkentda O`zbekiston iqtisodiy forumi bo`lib o`tadi

'Toshkentda O`zbekiston iqtisodiy forumi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yil 29-30 sentyabr kunlari «O`zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli» mavzusida iqtisodiy forum bo`lib o`tadi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Anjumanda so`nggi besh yilda amalga oshirilgan iktisodiy islohotlar jarayonida to`plangan tajriba tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtiqboldagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etiladi.

Forum doirasida iqtisodiyotning dolzarb yo`nalishlaridagi mavzularga bag`ishlangan, xalqaro ekspertlar va yuqori tajribaga ega mutaxassislar ishtirokidagi ochiq muhokama va munozalar bo`lib o`tishi kutilmoqda. Xorijiy jurnalistlar ishtirokida muhokamalar va The Financial Times bilan maxsus virtual sho``ba sessiyalari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston iqtisodiy forumi doirasida so`nggi besh yildagi iqtisodiy islohotlar jarayonida to`plangan tajribani zamonaviy usullar yordamida tahlil qilish hamda quyidagi sohalardagi  islohotlar bo`yicha fikr almashiniladi:

-Makroiqtisodiy islohotlar;

-Davlat ishtirokidagi korxonalar transformasiyasi;

-Davlat ishtirokidagi banklar transformasiyasi;

-Kapital bozorlarini rivojlantirish;

-Davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirish yo`nalishlari.

Anjuman gibrid va onlayn shakllarda o`tkaziladi.

Yuqori xalqaro darajadagi forumda ishtirok etish bo`yicha batafsil ma`lumotlar bilan economic-forum.uz saytida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar