AsosiyJamiyat

Surxondaryoda IIB xodimlari tomonidan urib o`ldirilgani aytilgan yigit ishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Surxondaryoda IIB xodimlari tomonidan urib o`ldirilgani aytilgan yigit ishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Denovda profilaktika inspektorining yordamchilari fuqaroni urib o`ldirib qo`ydi” sarlavhali tarqalgan xabarda bayon qilingan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida avval ma`lum qilingan edi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 10 iyul kuni Denov tumani, O`zbekiston SIU, Oxtom mahallasida yashovchi Yu.Xushmatov tuman IIO FMBga akasi X. Xushmatov yashash uyida janjal qilib tinchligini buzayotganligi haqida xabar bergan.

 Shundan so`ng, tuman IIB profilaktika inspektori S.P. X.Xushmatovning yashash xonadoniga yordamchilari X.Sh. va T.F. lar bilan birga borishib, X.Xushmatovni tuman IIBga  boshqaruvida bo`lgan “LADA-X-RAY” rusumli 75 T 035 JA raqamli  avtomashinasida olib kelayotganda, mast holatdagi X.Xushmatov ularga faol qarshilik ko`rsatganligi sababli profilaktika inspektori yordamchilari X.Sh. va T.F. uning tanasaning turli joylariga bir necha marta urib, og`ir tan jarohati etkazishgan.

 Oqibatda, X.Xushmatov 11.07.2021 yil soat 10-00 larda Sho`rchi tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

 Mazkur holat yuzasidan 11.07.2021 yilda Denov tumani prokuraturasi tomonidan profilaktika inspektori yordamchilari X.Sh. va T.F. ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilgan.  

 Tergov davomida, X.Sh. va T.F. ga nisbatan 12.07.2021 yilda JKning 104-moddasi 3-qismi “d” va 206-moddasi 1-qismi bilan ayblov e`lon qilinib, ularga nisbatan JIB Denov tuman sudining shu kundagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 Shuningdek, Denov tuman IIB profilaktika inspektori S.P. ga nisbatan 12.08.2021 yilda JKning 206-moddasi 1-qismi va 208-moddasi bilan ayblov e`lon qilinib, unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo`lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 Jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi bilan viloyat sudiga yuborilgan.

Boshqa yangiliklar