Xabaringiz bor, Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi EChL chorak finalida “Real”ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Mazkur o`yin vaqtida “Volfsburg” klubining portugaliyalik yarim himoyachisi Vieyrinya tishidan ayrildi.
O`yin vaqtida “Real” yarim xavbeki bilan to`nqashish oqibatida Vieyrinyaning tishlaridan biri sinib tushdi. Shunga qaramay, u o`yinni oxirigacha etkazdi. Endilikda unga stomatolog yordami kerak bo`ladi.