Butunjahon yadro assosiasiyasi (World Nuclear Association, WNA) ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilda tabiiy uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida O`zbekiston beshinchi o`rinni egallagan.
WNA 2020 yil O`zbekistonda qazib olingan uran hajmini, 2019 yilgi ko`rsatkich saqlanib qolgani holda, 3500 tonnaga baholagan (2018 yil 3445 tonna).
Manbalarning ta`kidlashicha, O`zbekiston qazib olgan uranni mamlakatda qayta ishlamaydi, uni to`liq hajmda xorijga eksport qiladi.
2020 yil qazib olingan jami uranning eng katta ulushi (dunyo bo`yicha yalpi taklifning 41 foizi) Qozog`iston hissasiga to`g`ri kelgan — 19,5 ming tonna. Keyingi o`rinlarni Avstraliya (6,2 ming tonna), Namibiya (5,4 ming tonna) va Kanada (3,9 ming tonna) egallagan.