AsosiyDunyo

Koronavirus paytida sayohat qilish eng xavfli bo`lgan davlatlar e`lon qilindi

'Koronavirus paytida sayohat qilish eng xavfli bo`lgan davlatlar e`lon qilindi'ning rasmi

Germaniyadagi Robert Kox instituti (RKI) mutaxassislari COVID-19 bilan kasallangan nemis sayyohlari haqidagi ma`lumotlarni tahlil qilib, sayohatlar bo`yicha eng xavfli yo`nalishlar ro`yxatini tuzdi.  

RKI mutaxassislari bunda o`tgan oyda 80 mingdan ortiq nemislar yuqtirgan kasallik natijalarini jamlagan. Ulardan 25 mingdan ortig`i yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Biroq, unda sayohatlarning maqsadi to`g`risida ma`lumot ko`rsatilmagan: ya`ni chet elga tashrifning sababi nafaqat dam olish, balki xizmat safarlari yoki qarindoshlari bilan uchrashuv bo`lishi mumkinligi keltirib o`tilgan.

"Hozirgi vaqtda infeksiyalarning aksariyati Bolqon mamlakatlarida ro`y bermoqda: ko`pincha kasallar Turkiyani infeksiya mamlakati sifatida ko`rsatgan - 6087 kasal sayyohlar", - deya ma`lum qilgan institut.  

Ikkinchi o`rinda Kosovo (5,7 ming holat), uchinchi o`rinda - Xorvatiya (2,5 ming). Bu reytingning beshligiga esa Gresiya va Italiyayakun yasaydi.

"Umuman olganda, so`nggi haftalarda chet elda ro`y bergan yangi koronavirus yuqtirish holatlari ulushi 17 foizgacha kamaydi. Ikki hafta oldin bu ko`rsatkich 27 foizga ko`p edi », - deya xulosa qilgan RKI.

    Boshqa yangiliklar