1

Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Madaniyat 19.09.2021, 17:32
Teglar: Erkin Vohidov
Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi  xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda O`zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Tirik sayyora" hujjatli filmi premera qilinadi. 

Kinokartina O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan.

"Ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1