1

“Xalq yuragi” turkumidan Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilindi

Madaniyat 19.09.2021, 21:43
“Xalq yuragi” turkumidan Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilindi

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda O`zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Tirik sayyora" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

 Kinokartina O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida yaratilgan.

Premeradan avval adib poyiga gulchambar qo`yildi va mushoira tashkil etildi.  

"Tirik sayyora" hujjatli filmi ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor, Zulfiya haqidagi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Oybek, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1