1

Oybekka bag`ishlangan hujjatli film premera qilindi

Madaniyat 21.09.2021, 11:10
Teglar: Oybek
Oybekka bag`ishlangan hujjatli film premera qilindi

Kuni kecha Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Bayram” studiyasi hamda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan "Oybek" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. 

Kinokartina O`zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek hayoti va ijodiga bag`ishlangan, deya xabar bermoqda agentlik.

Premeradan avval adib poyiga gulchambar qo`yilgan. Institut professor-o`qituvchilari tomonidan ma`ruzalar tinglangan.  

Filmi ssenariy muallifi va rejissyor Eljon Abbosov, operator Rahmatilla Yoqubov, kompozitor Rumil Vildanov, film direktori Baxtiyor Asilov.  

Shuningdek avvalroq Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor, kuni kecha esa Zulfiya haqidagi hujjatli filmlar premera qilingan edi. 

"29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1