1

Abdulla Avloniy haqidagi hujjatli film premera qilindi

Madaniyat 21.09.2021, 20:02
Abdulla Avloniy haqidagi hujjatli film premera qilindi

Bugun Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ramz film” MChJ hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Abdulla Avloniy" hujjatli filmi premera qilindi.

Kinokartina “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, etuk ma`rifatparvar olim, dramaturg va jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag`ishlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida yaratilgan.

Ssenariy muallifi Muqaddas Usmonova, rejissyor Muzaffarxon Erkinov, aktyorlar Alisher Yo`ldoshev, Akmal Mirzo, Rasulxon Qodirxonov, Elbek Fayziev va boshqalar.

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor haqidagi filmlar premera qilingandi. 27 sentyabrga qadar Cho`lpon, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1