1

Bugun Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi

Madaniyat 22.09.2021, 13:47
Bugun Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi

Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “BRAND PRO MEDIA” studiyasi hamda O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan "Mahmudxo`ja Behbudiy" hujjatli filmi premera qilinadi. Bu haqda Kinomotografiyani rivojlantirish agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Kinokartina etuk jamoat arbobi, o`zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida yaratilgan.

Ssenariy muallifi Abduhamid Muxtorov, rejissyor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, rassom Sardor Toshmurodov.

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor haqidagi filmlar premera qilingandi. 27 sentyabrga qadar Cho`lpon, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1