AsosiyJamiyat
2553

Kecha O`zbekistonda 530 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi. 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

'Kecha O`zbekistonda 530 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi. 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 530 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 22 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 170520 (+531) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:  

📌16 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

📌5 nafari Andijon viloyatida,

📌4 nafari Buxoro viloyatida,

📌6 nafari Jizzax viloyatida,

📌3 nafari Qashqadaryo viloyatida,

📌4 nafari Navoiy viloyatida,

📌7 nafari Namangan viloyatida,

📌51 nafari Samarqand viloyatida,

📌20 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌14 nafari Surxondaryo viloyatida,

📌21 nafari Farg`ona viloyatida,

📌5 nafari Xorazm viloyatida,

📌134 nafari Toshkent viloyatida,

📌241 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1207 nafarni tashkil qildi.

Shu bilan birga 2021 yil 22 sentyabr kuni 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26577 nafarga etdi. Kecha ularning 422 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 23975 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 220 nafarga etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar