AsosiyMadaniyat

“Kino 5 kunda” loyihasi start oldi

'“Kino 5 kunda” loyihasi start oldi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabr 3 oktyabr kunlari o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” loyihasi start oldi.

Unda yosh kinoijodkorlar yurtimizning Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Namangan, Jizzax, Xorazm va boshqa viloyatlarida qisqa metrajli filmlarni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi.

Mazkur filmlar Toshkent xalqaro festivali hakamlar hay`ati va mutaxassislar tomonidan ko`rib chiqiladi. Munosib ko`rilgan kinokartinalar pul va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar