1

Bugun Muhammad Yusuf haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Madaniyat 25.09.2021, 12:09
Bugun Muhammad Yusuf haqidagi hujjatli film premera qilinadi

Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod studiyasi” hamda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan “Ulug`imsan Vatanim!” badiiy-publisistik hujjatli filmi premera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur film O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, unda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalar o`rin olgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratildi.  

Film ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Dilshod Salomov, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqo`ziev, postanovkachi operator Rixsibek Shermuhammedov.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1