O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga milliy bayram - XXR tashkil topgan kun munosabati bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbari Xitoy etakchisiga mustaham sog`lik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar, do`st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
“Xitoyning global xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash, yangi tahdid va xatarlarga, shu jumladan iqlim o`zgarishi va COVID-19 pandemiyasiga qarshi samarali kurashishdagi faol sa`y-harakatlari va salmoqli hissasi eng yuksak e`tirofga munosib.
Keyingi yillarda O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi o`zaro hurmat, ishonch va qo`llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan do`stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.
O`rtamizdagi do`stona, o`zaro ishonchga asoslangan mustahkam shaxsiy munosabatlarimizni chin dildan e`zozlayman. Sizning ko`p qirrali O`zbekiston-Xitoy hamkorligiga qaratayotgan alohida e`tiboringizni yuksak qadrlayman.
Ishonchim komil, Sizning bo`lajak davlat tashrifingiz va Shanxay hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi sammitida ishtirokingiz mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli sheriklikni yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi”, - deyiladi maktubda.






