1

Ortiqcha vazndan qutulish yo`llari qanday?

Salomatlik 01.10.2021, 14:11
Teglar: semizlik
Ortiqcha vazndan qutulish yo`llari qanday?

Semizlik — tana vaznining ortib borishi, ortiqcha yog`lar hisobiga salomatlikning izdan chiqishi bo`lib, teri osti va tananing boshqa joylarida me`yordan ortiqcha yog` to`planishi natijasida kelib chiqadi. Bilasiz,  semizlikka sabab bo`luvchi asosiy omillar noto`g`ri ovqatlanish va kamharakatlikdir.

Shuningdek, genetik faktorlar, endokrin kasalliklar, psixologik buzilishlar va stresslarga beriluvchanlik kabi omillar ham semizlikni keltirib chiqaradi.

Ortiqcha vazn  nafaqat kattalar o`rtasida, balki bolalar va o`smirlar orasida ham jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Ma`lumotlarda keltirilishicha, so`nggi 30 yil ichida dunyodagi semiz odamlar soni uch baravarga  oshgan.

Ortiqcha vazn va semizlikning eng salbiy jihati shundaki, metabolik sindrom, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, insult, gipertoniya kasalligi, surunkali vena qon-tomirlarining etishmovchiligi, xolesistit va o`t-tosh kasalligi, artritlar, osteoxondroz va osteoartrozlar, umurtqa pog`onasi churralari, jigarning yog`li distrofiyasi hamda onkologik kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining statistik ma`lumotlariga ko`ra, yurak qon-tomir kasalliklari er yuzida o`limning asosiy sababchisi bo`lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.

Qolaversa, pandemiya sharoitidagi tajribalar ham ko`rsatadiki, ortiqcha vaznli bemorlarda koronavirus kasalligi og`ir kechib, ko`p holatlarda o`limga olib keldi.  

Ortiqcha vazn va semizlikka qarshi, ayniqsa, to`g`ri va sog`lom ovqatlanish orqali qarshi turish mumkin. To`g`ri ovqatlanish — taom iste`mol qilish va quvvat sarflanishining teng bo`lishi demakdir. Sog`lom ovqatlanishda turli xil sabzovot va mevalarni iste`mol qilishga odatlanish kerak bo`ladi. Yog`li go`sht mahsulotlarini dukkakli mahsulotlarga, baliq va parranda go`shti yoki yog`siz go`shtlarga almashtirish, tuz va qandni imkon qadar kamroq iste`mol  qilish, ovqat bilan birga choy ichmaslik, tabiiy sharbatlar yoki qaynatilgan suv ichish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya etgan ma`qul.

Kuniga 5 mahal ovqatlanganda, nonushta va tushlikda ko`proq, kechki vaqtda esa kamroq ovqatlanish taqsiya etiladi. Kunlik taomlanish rasionini 100 foiz deb oladigan bo`lsak:

  • Birinchi nonushta — 25 foiz;
  • Ikkinchi nonushta — 15 foiz;
  • Tushlik — 35 foiz;
  • Kechki ovqat — 25 foizni tashkil qilishi lozim.  

Shu bilan birga, jismoniy faollik hamda zararli odatlardan, ya`ni tamaki va alkogol mahsulotlaridan voz kechish orqali ham semizlikka qarshi kurashish mumkin. Bunda jismoniy faollik: sport bilan shug`ullanish, piyoda yurish, gimnastika mashqlarini bajarish hamda badantarbiya bilan shug`ullanish muhim o`ringa ega.

Kishining kun davomida faol bo`lishi ham semizlikning oldini oladi.

  • Har kuni piyoda yurish;
  • Badantarbiya;
  • Sport bilan shug`ullanish (futbol, basketbol, voleybol va boshqalar) tavsiya etiladi.

Sharhlar

Rahbar va xodimlarning semizlik darajasi, vazn indeksini onlayn kuzatib borish tizimi yo`lga qo`yiladi(foto)

19.11.2020, 21:27

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini sog`lom...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1