AsosiyDunyo

Permdagi o`zbekistonliklarning muammolari hal etilmoqda

'Permdagi o`zbekistonliklarning muammolari hal etilmoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Perm shahridagi qurilish ob`ektlarida ishlash uchun kelgan o`zbekistonlik bir guruh mehnat migrantlarining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaati yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ishchi guruhi ushbu hududda bo`lib turgani xabar qilingan edi.

Ishchi guruh va ish beruvchi tashkilot hisoblangan «Resurs+» mas`uliyati cheklangan jamiyatida vakillari uchrashuvida o`zbekistonlik mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar, shu jumladan, yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot qilinib, ularning ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo`yicha ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishildi va fuqarolarga pasport va ishlash uchun patentlari qaytarib berilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar