AsosiyMadaniyat

“Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O`zbekiston prezidentiga murojaat yo`lladi

'“Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O`zbekiston prezidentiga murojaat yo`lladi'ning rasmi

O`zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich mirziyoevga “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari Murojaat yo`lladi.

"Muhtaram Shavkat Miromonovich,

Avvalo, afsonaviy Toshkent Xalqaro kinofestivalining qayta tiklangani munosabati bilan   Sizga samimiyminnatdorchiligimizni  izhor etishga ijozat bergaysiz.

Toshkent shahrishu kunlarda  jahon kino san`atining muhim madaniy markaziga aylandi. 

Tarixda “Osiyo Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali” nomini olgan san`at anjumanini jahon kinosi vakillari va muxlislari yoqimli xotiralar bilan eslashadi.

Toshkent kinofestivali o`z tarixi davomida  turli mamlakatlar kinoustalar o`rtasida muloqot maydoniga aylandi, ko`plab kino durdonalarni, kino yulduzlarini kashf etdi. Mazkur kinofestival sababli Toshkent turli xalqlar, davlatlar, madaniyatlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlik timsoliga aylandi. Biroq, afsuski, 1997 yildan so`ng bu ezgu an`ana to`xtab qolgan edi. 

Salkam chorak asrlik tanaffusdan so`ng Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi” O`n uchinchi Toshkent xalqaro kinofestivali dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan kinoijodkorlarni birlashtirdi. 

Bir hafta davomida jahon kinosining  so`nggi yillarda yaratilgan sara namunalari  O`zbekiston ekranlarida namoyish etildi,   dunyo kinematografiyasida kechayotgan o`zgarishlar xususida fikr almashildi, mahorat darslari tashkil etildi.  Festival pandemiya bois   bir-birini uzoq vaqt ko`rmagan,  sog`ingan insonlarga  diydor baxsh etdi. 

        Bu yirik   kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivalining barcha yaxshi an`analarini o`zida aks ettirgani, xalqaro talablar va andozalar asosida, yuksak darajada  o`tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. 

Butun dunyodayuz berayotgan murakkab jarayonlarga qaramay,  ushbukinofestival “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tkazilganiham ramziy ma`noga ega. Bu shior Yangi O`zbekistonning – kelajakka intilayotgan mamlakatning yangi qiyofasiga to`la mos keladi.

  Biz, festival ishtirokchilari,  butun mamlakat bo`ylab o`tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, shaharlar qiyofasi qanchalar o`zgargani, mamlakat yangilanganini o`z ko`zimiz bilan ko`rdik. Bizni iliq qarshi olishgani, intiqlik bilan kutishgani, yana bir karra o`zbek xalqining mehmondo`stligiga guvoh bo`ldik. Bizni yoshlarning intilishlari, O`zbekiston yoshlari uchun Siz tomoningizdan yaratilgan shart-sharoitlarbizni yanada quvontirdi.

22 davlatning yosh kinoijodkorlari ishtirokida o`tgan “Kino 5 kunda” tanlovining o`tkazilgani ham fikrimizni yaqqol isbotlaydi

Biz, soha vakillari sifatida kino sanoati va san`atiga yuksak  e`tiboringiz, yaqinda 100 yilligini nishonlaydigan “O`zbekfilm”ning yangi qiyofasi, uning texnik ta`minoti, yangilangan Respublika Kinochilar uyi hamda  Kino san`ati muzeyining foydalanishga topshirilishi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilishi, milliy kino fondining tiklangani va o`zbek kinosi durdonalarining  asl nusxalari  vataniga qaytgani munosabati bilan  samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Alohida qayd etish lozimki, O`zbekistonda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda kinoloyihalar amalga oshirish borasidagi ezgu an`analar ham qayta tiklandi. Birgina ushbu forumda kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni  kengaytirishga katta turtki beradigan 10 ta muhim hujjat imzolandi.

Ushbu kinofestival jahon kino sanoati vakillariga o`zbek kinosining eng sara namunalari va o`zbek kinoijodkorlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bayram doirasida 50 dan ortiq tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, taqdimotlar, o`tkazildi, yuzdan ortiq filmlar namoyish qilindi. 

Biz betakror O`zbekiston zaminida O`n to`rtinchi kinofestival ham yuqori darajada o`tishiga ishonamiz va sabrsizlik bilan kutamiz! O`z navbatida biz ham O`zbekistonlik tomoshabinlarni yangi san`at asarlari bilan quvontirishga, yosh kinoijodkorlarning yangi nomlarini kashf etishga harakat qilamiz. 

Biz O`zbekiston dunyoning kino sanoati yuqori darajada rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo`shilishi uchun  bor kuch va  imkoniyatimizni safarbar etamiz. Ishonamizki, kinofestivalning muntazam ravishda o`tkazilishi kino san`ati sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, O`zbekiston kinematografiyasini yangi bosqichga  ko`tarish imkonini beradi.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, 

Ijozatingiz bilan, XIII  Toshkent Xalqaro kinofestivali ishtirokchilari nomidan yuksak e`tibor va shart-sharoitlar uchun Sizga yana bir bor samimiy tashakkur bildiramiz, Sizga  sihat-salomatlik, Yangi O`zbekiston taraqqiyoti va kelajagi yo`lidagi sa`y-harakatlaringizda ulkan-muvaffaqiyatlar, shuningdek qayta tiklangan kinofestivalning umri uzoq bo`lishini tilab qolamiz. 

Kamoli ehtirom ila,

“Ipak yo`li durdonasi” XIIIXalqaro Toshkent kinofestivali ishtirokchilari

“Ipak yo`li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivali ishtirokchilari Forumida yakdillik bilan qabul qilindi", - deyiladi murojaatda. 

                                

 

 

 

 

 

 

****

 

Aziz do`stlar!

Fursatdan foydalanib, O`zbekiston Respublikasi  kinematografiya agentligi bosh direktori sifatida, mamlakatimiz kinoijodkorlari nomidan muhtaram Prezidentimizga sohaga qaratilayotgan ulkan e`tibor, yaratilgan imkoniyatlar, kinofestivalning qayta tiklangani va yuqori darajada o`tkazilgani munosabati bilan yana bir bor tashakkur bildirmoqchi edim. 

Mazkur kinofestival doirasida o`zbek kinematografiyasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar, yirik o`zgarishlarni xalqaro  jamoatchilik, jahon kinosining atoqli vakillari ham e`tirof etmoqda. Bu bizga ulkan g`urur va iftixor bag`ishlaydi, ayni paytda zimmamizga katta mas`uliyat ham yuklaydi. 

Biz,kinoijodkorlar endi yanada ko`proq, astoydil mehnat qilishimiz, sara asarlar yaratib, xalqimiz, Vatanimiz, muhtaram Prezidentimiz oldidagi qarzimizni uzishimiz lozim. 

Mazkur kinofestivalning barcha ishtirokchilariga, xorijiy mehmonlarimizga, ushbu bayramniyuqori safiyada o`tkazishga hissa qo`shgan barcha do`stlarimizga kattadan katta  rahmatlar aytaman. 

E`tiboringiz uchun tashakkur!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar