Facebook kompaniyasi xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoq, shuningdek Instagram i va WhatsApp yuklanmalarining barcha servislarida uzilish ro`y berganini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Downdetector.com ma`lumotlariga ko`ra, olti soatdan ko`proq vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqlar butun dunyo bo`ylab o`n minglab foydalanuvchilar uchun xizmat ko`rsata olmagan. Tarmoq o`z ishini faqat seshanba kuni kechqurun tiklashi mumkin bo`lgan.
Shuningdek, yuzaga kelgan ushbu muammo boshqa yirik saytlarga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan.
Facebook Twitterda uzilishlar haqida xabar joylashtirdi.
"Ba`zilar bizning ilovalarimizga kira olmayotganidan xabardormiz. Biz hamma narsani tezroq normal holatga qaytarishga harakat qilyapmiz va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.
"Facebook" ismi oshkor qilinmagan xodimlarining New York Timesga ma`lumot berishicha, ushbu uzilishlarga katta ehtimol bilan kiberhujumlar sabab bo`lgan.
Bloomberg ning xabar berishicha, Facebook asoschisi Mark Sukerbergning boyligi bir necha soat ichida qariyb 7 milliard dollarga kamayib, milliarderlar reytingidan tushishiga sabab bo`lgan. Bunga Facebook, shuningdek Instagram va WhatsApp tizimidagi muvaffaqiyatsizliklar ta`sir ko`rsatgan.
Dilbar Abdunabieva tarjima qildi