AsosiyMadaniyat

Cho`lpon haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tdi

'Cho`lpon haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida “Media Illusion” studiyasi tomonidan suratga olingan Cho`lpon hayoti va ijodi haqidagi "Qush esdaligi” hujjatli filmi premera qilindi.  

Avval sahnada talabalar ishtirokida sahna ko`rinishlari ko`rsatildi va Cho`lpon hayotiga oid ma`ruzalar tinglandi.  

Kinokartina O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.    

Csenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Rustam Murodov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Muzaffar O`rozqulov.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan 24 ta adib haqidagi “Xalq yuragi” turkum ostidagi hujjatli filmlarning barchasi “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida premera qilindi.

    Boshqa yangiliklar