AsosiyDunyo

Britaniya tashqi ishlar vazirligi daydi mushukni ishga oldi

Britaniyaning sobiq bosh vaziri nomini olgan Palmerston laqabli mushuk diplomatik korpusga bosh sichqon tutuvchi lavozimiga ishga olindi. Ikki yoshli bu mushuk London ko`chalarida daydib yurganda topib olingan, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

“Mushuk Qirol Charlz ko`chasida joylashgan binomizda bizga kemiruvchilarga qiron keltirishda yordam beradi”, – deyildi Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.  

Amaldorlarning aytishicha, yangi xodim soliq to`lovchilar uchun tashvish keltirmaydi. Bosh vazir Devid Kemeronning Dauning-stritdagi Larri ismli, moliya kansleri Jorja Osbornaning Freyya ismli sevimli mushuklari uning hamkasblari hisoblanadi.

“Battersi” nomli hayvonlar saqlanadigan muassasa xodimlari uni “o`ziga ishongan va odamlarni yoqtiruvchi” mushuk sifatida tavsiflashdi. 

Mushukni Buyuk Britaniyada 1855 yilda 71 yoshida bosh vazir bo`lgan Palmerstonning xotirasi uchun Palmerston deb atashgan. Bosh vazir bo`lgunga qadar Palmerston 15 yil davomida Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimida xizmat qilgan. U mashhur siyosatchi va yoqimtoy inson sifatida ta`riflanadi.

    Boshqa yangiliklar