AsosiyIqtisodiyot

Osiyo Taraqqiyot Banki O`zbekiston moliyaviy bozori rivoji uchun 100 million dollar ajratdi

'Osiyo Taraqqiyot Banki O`zbekiston moliyaviy bozori rivoji uchun 100 million dollar ajratdi'ning rasmi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bugun O`zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratish uchun zarur bo`lgan siyosat, tartibga solish va institusional islohotlarni qo`llab-quvvatlash uchun 100 million dollarlik siyosiy kreditni ma`qulladi. 

Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qilindi.

 "O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishni tezlashtirar ekan, xususiy investisiyalarni jalb qilish uchun barqaror va raqobatbardosh ichki moliyaviy bozorlar muhim ahamiyatga ega", - dedi OTBning Markaziy va G`arbiy Osiyo bo`yicha bosh direktori Evgeniy Jukov.

 "OTB O`zbekistondagi moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga ko`maklashadi va iqtisodiy o`sishning asosiy omili va mamlakatda yangi ish o`rinlarining muhim manbasi bo`lgan xususiy investisiyalarni rag`batlantiradi",-ta`kidladi Evgeniy.

 "Moliya bozorlarini boshqarishni kuchaytirish orqali dastur bozor samaradorligini oshiradi va investorlarning himoyasini yaxshilaydi",-dedi OTBning moliyaviy sektor bosh mutaxassisi Ali-Mumtoz X. Shoh.

 "Dastur investorlarga muqobil investisiya imkoniyatlaridan foydalanishni ta`minlashda muhim rol o`ynaydi va minimal xarajatlar bilan mablag `yig`ishga yordam beradi ”, - deya qo`shimcha qildi OTBning davlat boshqaruvi bo`yicha bosh iqtisodchisi  Çiğdem Akın. 

Qayd etilishicha, Bank dastur doirasida amalga oshiriladigan asosiy islohotlarni qo`llab -quvvatlash uchun 500 ming AQSh dollari miqdorida texnik yordam ham ajratadi.

 Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Osiyo Taraqqiyot Bankiga 1995 yilda qo`shilgan.

  

Dilbar ABDUNABIEVA tarjima qildi

Boshqa yangiliklar