AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi

'Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Bugun, 8 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoev Termiz shahridagi Guliston mahallasida bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

So`nggi yillarda bu erda yangi uylar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, bolalar o`yingohlari barpo qilindi. Hovlilarda yashovchilar erdan unumli foydalanib, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik bilan shug`ullanadi.

Shavkat Mirziyoev shu erlik Saydulla Mirzaev xonadoniga kirib, oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Oila boshlig`i uzoq yillar cho`ponlik qilgan. Turmush o`rtog`i Hosiyat aya bilan 6 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga etkazgan. Xonadon obod. Tomorqadagi issiqxonada limon ko`chatlari ekilgan.

- Surxondaryo - Xudo bergan zamin. Bu erda qishloq xo`jaligidan bir yilda uch marta hosil olish mumkin. Shundan foydalanib, rivojlangan davlatlardan texnologiya olib kelib, mahsulotlarga bozor topishimiz kerak. Bu ham qo`shimcha daromad, yangi ish o`rinlari bo`ladi, - dedi Prezident.

Saydulla ota bugungi kunda o`g`li tadbirkor, kelini shifokor bo`lib ishlayotgani, nevaralari yaxshi ta`lim olayotgani, turmushiga shukr qilishini aytdi.

- Shukronalik - eng ezgu qadriyat, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Hozir yashash uchun ham, o`qish, ishlash uchun ham hamma sharoit bor. Eng avvalo, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bo`lishi kerak. 

Davlatimiz rahbari Termiz shahrining Manguzar mahallasida qurilgan zamonaviy ko`p qavatli uylarni ham ko`zdan kechirdi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar