AsosiySUG'DIYONA
7741

Xiyonatdan ham yomon bo`lgan 11 harakat

Suyukli yoring xiyonat qilgandan ham ortiqroq yomon narsa yo`qday go`yo, biroq undan ham yomon bo`lgan ayrim narsalar bor ekan.

Bular nima ekanligi bilan qiziqayotgan bo`lsangiz quyidagi holatlarni sanab chiqing va ularni amalga oshirmaslikka harakat qiling! 

Yolg`on ishlatish va nimanidir yashirish. 

Hatto bu harakatni uning foydasiga qilayotgan bo`lsangiz ham, kun kelib ular senga nisbatan ishonch yo`qolishiga va o`z-o`zidan munosabatlar darz ketishiga olib keladi. «Sen ikkinchi yarmingdan hech narsani sir tutmasliging kerak».

Norozilikni yashirish. 

Biror narsadan norozi bo`lsangiz bu haqda unga darhol aytganingiz ma`qul. Ichingizda yig`iladigan xafagarchiliklar bir kun munosabatlarning alamli tugashiga olib keladi. Yaxshisi darhol gapirib, ichingdagi g`uborni yuvib tashlagan ma`qul.

Muloqotning etarli emasligi. 

Bu SMS yozish kerak yoki qo`ng`iroq qilish kerak degani emas. Shunchaki bir-biringizni tashvishlantiradigan mavzular haqida gaplashing, ularni birgalikda hal qilishga harakat qiling. Ko`ngilda qolgan g`ubor, kun kelib chayqaladi va bu vaqtga kelib g`isht qolipidan ko`chgan bo`ladi.

Qaysarlik qilib, o`z fikrida turmoq.

Agar kimnidir sevsangiz unga yon bosishni ham bilishingiz shart. Faqat o`z fikringizdan turib, boshqalarnikini inobatga olmaslik mumkin emas. Umuman olganda murosa qilishni bilish kerak.

Ikir-chikirlarni deb bahslashish.

Maishiy hayotdagi mayda-chuydalarni deb doimiy bahslashish va urush qidirish munosabatlardagi parokandalikka olib kelishi mumkin. 

Mensimaslik. 

Juftingizga mensimasdan yuqoridan muomala qilish uni o`zini erga urishiga olib keladi, buning oqibatida yuzaga kelgan ayriliqdan so`ng esa u ancha vaqtgacha o`zini qo`lga olishiga to`g`ri keladi. 

Munosabatlarni qulaylik uchun saqlash. 

Munosabatlarni faqat qaysidir sabab yoki foydani deb saqlab qolish insoniylikka kirmaydi. O`sib borayotgan hafagarchiliklar alamzadalikka olib keladi. Undan ko`ra do`st bo`lib qolgan afzal.

Yolg`iz qolmaslik uchungina birga bo`lmoq. 

Siz shunchaki bir o`zingiz qolishni istamaysiz va shu sababli birgasiz. Bu esa noilojlik sanaladi.

Rashk. 

Hiyonat yo`q joyda ham doimiy shubha qilish, besabab rashk hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. 

Foydalanish.

Bu juda murakkab masala… Sizdan shunchaki foydalanayotganliklarini odatda eng oxirgi nuqtada bilib qolasiz. Bu bilan esa juftingiz o`ziga nisbatan hurmati yo`qoladi va bu hurmatni keyin tiklash oson kechmaydi.

O`zingdan yo`q odamni yasash.

Aytaylik, o`zing yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiraman deb aytish yoki aksincha.  Boshidan samimiy bo`lgan maqsadga muvofiq. Sababi bu yolg`onlar ayriliqqa olib kelishi mumkin.

Boshqa yangiliklar