AsosiySiyosat

Prezident Qorako`l aholisining yashash tarzi bilan tanishdi

'Prezident Qorako`l aholisining yashash tarzi bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Qorako`l tumanidagi Xo`jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi.

Mahalla Qorako`l tumani markazida joylashgan bo`lib, 2 ming 800 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu erda ko`plab savdo shoxobchalari, to`qimachilik korxonalari bor.

Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Sohib Xo`jamberdiev xonadonida mehmon bo`ldi.

Oila boshlig`i tadbirkor. Turmush o`rtog`i Diloromxon bilan ikki  farzandni tarbiyalab, voyaga etkazgan. Ular mahalladagi omilkor oilalardan. Tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlari etishtiriladi. Chorva va parranda ro`zg`orga baraka kiritadi.

Xonadon sohiblari bilan mamlakatimizdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida samimiy suhbat bo`ldi.

Mahalla nuroniylari yurtimizga qut-baraka va farovonlik tilab duo qildi.

    Boshqa yangiliklar