11-12 oktyabr kunlari Nur-Sulton shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengashga a`zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI yig`ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuvda mintaqada xavfsizlikni ta`minlash va o`zaro ishonchni mustahkamlash, pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlikni rag`batlantirish masalalari, shuningdek Afg`onistondagi hozirgi vaziyat muhokama qilindi.
Tadbir doirasida O`zbekiston delegasiyasi bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazdi.
12 oktyabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha Kengashga a`zo mamlakatlar delegasiyalari rahbarlarini Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev qabul qildi.






