AsosiySiyosat

O`zbekistonning Misrdagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi

'O`zbekistonning Misrdagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021 yil 8 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Mansurbek Baxtiyarovich Kilichev O`zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy manbasi xabar bermoqda.

M.Kilichev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.

2012-2013 yillarda  O`zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi birinchi kotibi.

2013-2019 yillarda O`zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi (BAA) Bosh konsuli.

2019-2020 O`zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar bo`yicha axborot tahliliy markazi direktori o`rinbosari – yig`ma tahliliy bo`lim boshlig`i.

2020 yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar  Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o`rinbosari.

Ingliz, arab va rus tillarini biladi.

Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Izzatbek Abduvahobov

    Boshqa yangiliklar