AsosiyMadaniyat

“Bir kunlik to`y” komediyasining maxsus namoyishi o`tkaziladi

'“Bir kunlik to`y” komediyasining maxsus namoyishi o`tkaziladi'ning rasmi

Ertaga, 14 oktyabr kuni soat 19:00 da Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to`y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.

Kinokartinada asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari ko`rsatiladi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid qiziqarli hodisalar aks ettirilgan.  

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev, muharrir Furqat Usmonov.

Aktyorlar Baxtiyor Turg`unov, Xayrulla Sa`diev, Matyoqub Matchonov, Muhabbat Abdullaeva, Asal Abdullaeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov boshqalar.

Boshqa yangiliklar