So`nggi yillarda mamlakatimizda dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda 5,5 milliondan ortiq tomorqa er egalari ixtiyoridagi 502,8 ming gektar er maydonlarida dehqonchilik qilinmoqda. Yurtimizda etishtirilayotgan kartoshkaning 84 foizi, sabzavot mahsulotlarining 71foizi, poliz, uzum va mevalarning
55-60 foizi, chorvachilik mahsulotlarining 94foizidan ortig`i aholi xonadonlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi hamda 2020 yil 30 iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari asosida Respublika hududlarida 651 ta “Tomorqa xizmati” MChJlar faoliyati yo`lga qo`yildi.
“Tomorqa xizmati” korxonalari tomonidan dehqon xo`jaliklari va aholi tomorqa erlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, tomorqalarni shudgorlash, ekin ekishga ko`maklashish, kafolatlangan ko`chatlar, mahalliy va mineral o`g`itlar etkazib berish, ixcham issiqxonalar qurib berish, etishtirilayotgan mahsulotlarni qabul qilib qayta ishlash, ichki bozorlarga etkazib berish hamda eksport qilishda aholining haqiqiy ko`makchisiga aylanmoqda.
Joriy yilning o`tgan davrida “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan 42,1ming aholi xonadonning erlari shudgorlandi, 53,5mingxonadonga zarur urug`lik, 90,3 ming xonadonga ko`chatlar (shu jumladan 15 ming xonadonga limon ko`chati) hamda 36,2ming xonadonga piyoz va sarimsoqpiyoz urug`lari etkazib berildi hamda ekishiga ko`maklashildi.
Shuningdek, 32,5 mingxonadonga ixcham issiqxona (14 259 gektar) qurib berildi, 1161taxonadonga asalari uyalari (6,4 ming ta), 1 297 ta xonadonga quyon (9,1 ming ta), 4330ming xonadonga kurka (134,6 ming ta), 9,3ming xonadonga parranda (427,5 ming ta), 519ta xonadonga echki (691 bosh),998ta xonadonga qoramol (1,3 ming bosh), hamda 2,7ta xonadonga quy (13 ming bosh)etkazib berildi.
Halqimiz yildan yilga tomorqa qo`shimcha daromad manbai ekanligini yaxshi anglagan holda yiliga 2-3 marta hosil olishni ko`zlab ish yuritishi natijasida etishtirilayotgan hosil miqdori ortib bormoqda. Tajribadan ma`lumki qishloq xo`jalik mahsulotlarini oddiy omborlarda saqlagandan ko`ra sun`iy sovutiladigan omborxonalarda saqlash orqali mahsulot vaznini maksimal darajada saqlab qolish imkoniyati oshadi. Shunday omillarni hisobga olgan holda etishtirilgan mahsulotni yil davomida halqimiz dasturxoniga etkazib berish uchun etarli sharoit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o`tgan 9 oyi davomida “Tomorqa xizmati” korxonalarida 38,5ming tonna sig`imli132tameva sabzavotlarni sovutish omborlari, 62,9ming tonna sig`imli195ta meva sabzavotni saqlash omborlari hamda161,4ming tonnayillik quvvatga ega bo`lgan 154tamevani saralash, quritish, qayta ishlash liniyalari tashkil qilindi. Mazkur yo`nalishlar uchun kengash huzuridagi Jamg`armadan 96,6 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`lari ajratildi.
Shu bilan birga Respublikaning 162 ta tumanida aholi tomorqalarida etishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini aholiga qulay joylarda, arzon narhlarda sotishni tashkil qilish maqsadida mahallalarning aholi gavjum joylarida 1475 ta kichik sig`imli muzlatkichga ega bo`lgan engil konstruksiyali “dala do`konlari” tashkil etilib, ularning soni 2 685 taga etkazildi, kengash huzuridagi Jamg`armadan 265 nafar fuqarolarga 8mlrd 231 mln so`m kredit mablag`lari ajratildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PQ-4767-sonli qaroriga asosan meva sabzavotlar ko`p etishtiriladi-gan 32tatumanda (Amudaryo, Bo`zatov, Baliqchi, Qo`rg`ontepa, Jondor, Romiton, Yangiobod, Kasbi, Qarshi, Shaxrisabz, G`uzor, Kitob, Qamashi, Nishon, Karmana, Nurota, Yangiqo`rg`on, Chust, Chortoq, Uychi, Kosonsoy, Jomboy, Muzrobot, Bandixon, Sirdaryo, Oxangaron, Bo`ka, Bog`dod, Yangiariq, Qo`shko`pir, Gurlan, Bog`ot t.)12ta yo`nalish bo`yicha tomorqa xizmati klasterlari faoliyati yo`lga qo`yildi.
Jumladn, 25 gektar issiqxona tashkil etildi, 55 ta minitraktor, 108 ta motokultivator, 18 ta yuk avtomobili, 105 ta doripurkagich, 13 071 tonna yuk saqlash omborxonasi, 23 ta 10 078 tonna saralash va qadoqlash quvvatiga ega bo`lgan uskunalar, 18 ta 3 769 tonna mahsulotni quritish va qayta ishlash imkoniga ega bo`lgan uskunalar, 15 770 tonna sovutgichli omborxona, 44 ta urug`, ko`chat va mineral o`g`it do`koni, 27 taixcham issiqxonalar qurish sexi, 25 ta 381 220 sig`imliinkubatoriya, 18 tasun`iy qochirish punkti, 18 ta 23 099 tonna sutni qabul qilish va qayta ishlash punkti, 34 ta 21 227 quvvatli em ishlab chiqarish uskunasi va 8 ta chorvachilik komplekslari tashkil etildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 430 tadoimiy hamda 1 616 tamavsumiy ish o`rinlari tashkil etidi, mazkur yo`nalishlar uchun Kengash xuzuridagi Jamg`armadan 91,4 mlrdso`m mablag` ajratildi.
Yaratilgan bunday imkoniyatlar natijasida aholi tomorqalarida etishtirilgan mahsulotlar hamda klasterlar tomonidan qayta ishlangan qishloq xo`jaligi maxsulotlari eksport qilish hajmi sezilarli darajada oshishiga erishildi. Joriy yilning 9 oyi davomida 80 ga yaqin “Tomorqa xizmati” korxonalari tomonidan 51,7ming tonna mahsulot Qog`ozig`ton, Tojikiston, Qirg`iziston, Afg`oniston, Rossiya, Ukraina, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Malayziya va bir qator Evropa malakatlariga54mln AQSh dollari miqdorida eksportga yo`naltirildi.
Misol uchun, Samarqand viloyatidagi “CHELAK TOMORQA XIZMATI”MChJtomorqa xizmat korxonasi 841,8 ming AQShdollar miqdorida karam, piyoz, pamidor, bodiring, quritilgan meva sabzavot mahsulotlari, Qashqadaryo viloyatidagi “KO'HNA VOHA TOMORQA XIZMATI” MChJ208,6 ming AQShdollar miqdorida karam, piyoz, pomidor, bodring, ko`katlar, Navoiy viloyati “XATIRCHI TOMORQA EXPORT” MChJ korxonasi tomonidan 127,9 mingAQShdollar miqdorida aholi tomorqalarida etishtirilgan piyoz, qalampir, sabzavot mahsulotlarini Qozog`iston, Rosiya, Qirg`iziston, Azarbayjon, Xitoydavlatlariga eksport qilindi.
Kengash bosh mutaxassisi E.Mamaraximov