1

Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

Jamiyat 15.10.2021, 19:31
Teglar: Saylov, Media-xoll
Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:

—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasining “Yangi O`zbekiston — yangi nigoh”dasturi asosida tashkil etilgan xalqaro media-xollning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ta`kidlash joizki, ushbu Media-xoll 2021 yilning 24-oktyabrida mamlakatimizda bo`ladigan muhim siyosiy voqea. O`zbekiston prezidenti saylovini nodavlat va davlat ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallarda, veb saytlar hamda blogerlarning ijtimoiy  tarmoqlarida yoritilishi uchun muhim manba bo`lib xizmat qiladi.

        Media-xollni tashkil qilishdan asosiy maqsad ham aynan saylov jarayonlari haqida xalqimiz va dunyo hamjamiyatini muntazam ravishda, tezkor va xolisona xabardor etib borishdan iborat. Mamlakatimizning tarix sahifalariga muhrlanadigan ushbu siyosiy tadbirni tashkil etish uchun O`zEOAVMA hamda “Yuksalish” umummilliy harakati, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikdagi Media-xoll tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.  Ushbu Media-xollda  saylov jarayonlarini keng yoritish bilan bog`liq tadbirlar, xususan  vazirlik idoralari rahbarlari, ekspertlar mamlakatimizda so`nggi yillarda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, yurtimizdagi demokratik o`zgarishlar bilan ijtimoiy eshituvlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. Bu jarayonlar bevosita jurnalistlarimiz uchun jamiyatimizdagi yangilanish jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va batafsil yoritishlarida asosiy omil bo`ladi. Eng muhimi, Media-xolda mahalliy va saylovni kuzatish uchun xorijdan tashrif buyurgan xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun turli brifinglar, matbuot anjumanlarini o`tkazish, siyosiy partiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, intervyular olish, turli ko`rsatuv va mediamahsulotlarni tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

      Media-xoll doirasida tashkil etiladigan 40 dan ortiq tadbirlarning mohiyatiga to`xtaladigan bo`lsak, ularning barchasi jamiyatimizdagi  amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarni o`z ichiga oladi. Jumladan, muhim islohotlar: kambag`allikni qisqartirish, ijtimoiy ko`makka muhtoj bo`lgan qatlam bilan ishlash yo`nalishida yangicha tizimni joriy etish, jamiyatimizda gender tenglikni, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta`minlash borasida qilingan muhim qadamlarning natijalari muhokamalar markazida bo`ladi. Bundan tashqari Turizm, sport, madaniy merosni asrash va yoshlar siyosatiga oid dasturlar ijrosi va natijasi jamoatchilik hukmiga havola qilinadi. Shuni alohida ta`kidlash zarurki  dasturlarimizda besh ming nafardan ortiq iqtidorli yoshlar, ijodkor talabalar, yosh mutaxassislar ishtirok etishmoqda. O`tkazilayotgan tadbirlar hamda dastur doirasidagi “Saylov yoshlar nigohida” deya nomlangan Yoshlar parlamenti va yosh saylovchilarning davra suhbatlari,  fan, ta`lim, madaniyat va ma`naviyat masalalari bo`yicha ekspertlar bilan muloqotlar kelajagimiz bo`lmish yoshlarimizni davlatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotimizda yanada faol bo`lishga undaydi.

       Bundan tashqari, Media-xoll dasturidan madaniy tadbirlarga ham keng o`rin ajratilgan. Jumladan, har kuni milliy badiiy va hujjatli filmlarning taqdimotlari, O`zbekiston madaniy merosini noyob yodgorliklari tadqiqotlariga bag`ishlangan kitoblar ko`rgazmalari, konsert dasturlari namoyishi ham bo`lib o`tadi.  

Albatta, barchamiz yangi O`zbekiston kelajagini hal etadigan muhim siyosiy jarayon— Prezidentlik saylovi tadbiri ko`tarinki ruhda, yuqori saviyada o`tishini istaymiz. Buning uchun esa, eng avvalo,  yoshlarimiz kuch-g`ayratimizni, imkoniyatlarimizni ishga solishimiz lozim. Buning uchun xalqaro Media-xollda barcha sharoitlar yaratilgan.

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

26.08.2022, 10:19

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda...
Buzib qo`yilgan saylov byulletenini yangisiga almashtirish mumkinmi?

12.10.2021, 11:32

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga roppa-rosa 12 kun qoldi. Tabiiyki, bu davrda insonlarda turlicha savollar tug`iladi. Markaziy saylov komissiyasi shunday savollardan biriga javob berdi.– Saylov byulleteni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1