AsosiyDunyo

Germaniyaga bir kunda o`rta hisobda 190 nafar qochoq kirib keladi

Yil boshidan beri, Germaniya federal polisiyasi 110 ming nafar qochoqning boshpana so`rab kelganini ma`lum qilgan, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri. Germaniyaga aprel oyining boshidan 2,6 ming qochoq kirib kelgan bo`lib, bu kuniga o`rta hisobda mamlakatga 190 nafar qochoqning kirib kelishiga to`g`ri keladi. Bu o`tgan yilgiga qaraganda qochoqlar soni 1 million kishiga oshganini ko`rsatadi.  

Ancha vaqtgacha qochoqlar nazoratsiz ravishda Turkiya orqali Gresiyaga kirib kelgan edi. Shundan keyin Evroittifoq Anqara bilan qochoqlarni orqaga qaytarish masalasini ko`rib chiqib, maxsus lagerlarga joylashtirishga kelishdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun Evroittifoq janubiy qo`shnisiga 6 milliard evro ajratdi.

Ammo bugunga kelib, ekspertlar qochoqlarning Afrika davlatlari orqali Evropaga kirib kelishidan xavfsirashmoqda. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida Evroittifoq Afrika qit`asi hukumat vakillari bilan ham bitim tuzishni rejalashtirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar